Sidneydagi plyajda sodir etilgan hujumni ota va o‘g‘il uyushtirgan — Avstraliya polisiyasi.
BBC'ning xabar berishicha, yakshanba kuni Sidneydagi plyajda amalga oshirilgan qurolli hujum oqibatida 15 kishi halok bo‘lgan, shuningdek, otishmani amalga shaxslardan biri ham o‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujumni ikki kishi amalga oshirgan.
Polisiyaning brifingida ma’lum qilinishicha, 50 yoshli erkak, otishmani uyushtirgan shaxslardan biri voqea joyida otib tashlangan, uning 24 yoshli o‘g‘li esa og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgan.
Hujumdan so‘ng yana 40 nafar odam shifoxonada qolmoqda, ular orasida ikki nafar polisiyachi ham bor.
"Hujum paytida plyajda yahudiylarning Hanuka bayrami nishonlanayotgan edi. Rasmiylar yakshanba kungi otishmani “maqsadli antisemit hujumi” sifatida baholadi", deya yozmoqda BBC.