Bugun 9 avgust, 2026 yil, yakshanba

КИР

516 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga QQSning nol stavkasi joriy etildi

516 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga QQSning nol stavkasi joriy etildi

Adliya vazirligi Qo‘shilgan qiymat solig‘ining «nol» stavkasi qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ro‘yxatini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Ro‘yxatga jami 516 turdagi qishloq xo‘jaligi mahsuloti kiritilgan bo‘lib, unga paxta va g‘alla kirmaydi.

Ushbu tartib O‘zbekiston Prezidentining 2025 yil 4 sentyabrdagi PF–153-sonli farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan. Farmonga muvofiq, 2026 yil 1 yanvardan qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari yetishtirgan mahsulotlarni realizasiya qilishda QQSning «nol» foizlik stavkasi qo‘llaniladi.

Tasdiqlangan ro‘yxatga kiritilgan mahsulotlarni yetishtirish uchun xarid qilingan tovar va xizmatlar bo‘yicha to‘langan QQS summasi ishlab chiqaruvchilarga qaytarib beriladi.

Hujjatga ko‘ra, ushbu mablag‘lar avtomatlashtirilgan tartibda qaytariladi. QQS summasini qaytarish muddati uch ish kuni etib belgilangan.

Kiritildi: 16:32 23.07.2026. O'qildi: 498 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!