Bugun 18 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

51 yoshli Oksana Chusovitina Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi

51 yoshli Oksana Chusovitina Osiyo o‘yinlarida ishtirok etadi

Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida o‘tadigan XX Yozgi Osiyo o‘yinlarida sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarkibi ma’lum bo‘ldi.

E’tiborlisi, terma jamoa safidan afsonaviy gimnastikachi Oksana Chusovitina ham joy oldi. 51 yoshli sportchi navbatdagi yirik xalqaro musobaqada ham O‘zbekiston sharafini himoya qiladi.

Shuningdek, Aleksandra Shevchenko va Dildora Aripova ham Osiyo o‘yinlarida yurtimiz nomidan ishtirok etadi. Sportchilar Elvira Rakova va Andrey Markelov qo‘l ostida musobaqaga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

O‘zbekiston terma jamoasi: Oksana Chusovitina, Aleksandra Shevchenko, Dildora Aripova.

Murabbiylar: Elvira Rakova, Andrey Markelov.

Ma’lumot uchun, XX Yozgi Osiyo o‘yinlari 19 sentyabrdan 4 oktyabrga qadar Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida bo‘lib o‘tadi. Musobaqada 45 ta Milliy olimpiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Sportchilar 43 ta sport turining 70 ta yo‘nalishida 468 ta medallar jamlanmasi uchun kurash olib boradi.

Kiritildi: Bugun 14:27. O'qildi: 147 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!