Bugun 21 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

40 yoshli Ronaldu yana terma jamoaga chaqirildi

40 yoshli Ronaldu yana terma jamoaga chaqirildi

Juma kuni Portugaliya terma jamoasining oktyabr oyidagi yig‘ini uchun tarkibi e’lon qilindi.

"Evropa Braziliyasi" ustozi Roberto Martines quyidagi futbolchilarni chaqirgan:

Diogu Koshta, Ruy Silva, Sa – Dalot, Semedu, Diash, Inasiu, Antoniu Silva, Veyga, Mendesh – Palinya, Ruben Nevesh, Vitinya, Joau Nevesh, Nunes, Brunu Fernandesh, Bernardu Silva, Pote – Trinkau, Leau, Konseysau, Netu, Felish, Ramush, Ronaldu.

Ko‘rib turganimizdek, 40 yoshli hujumchi Krishtianu Ronaldu yana terma jamoaga chaqiruv oldi.

Shu oyda Portugaliya terma jamoasi jahon chempionati saralashida ikkita o‘yin o‘tkazadi. Raqiblar - Irlandiya (11 oktyabr) va Vengriya (14 oktyabr). Portugaliyaliklarning ikkala o‘yini ham uyda bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 19:05 03.10.2025. O'qildi: 1045 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!