"An-Nasr"ning yulduz markaziy hujumchisi Krishtianu Ronaldu professional faoliyatida 15-marta milliy chempionatda mavsum davomida 20 tadan ortiq gol urdi, deya xabar bermoqda BBC Sport.
Bir kun avval 40 yoshli to‘purar "Al-Hilol"ga qarshi safar o‘yinida (3:1) dubl qayd etgandi. Tajribali hujumchi hisobida jami 931 ta gol bor.
Saudiya Arabistoni chempionatining joriy mavsumida Krishtianu 25 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.