Bugun 17 mart, 2026 yil, seshanba

КИР

37 yoshli Levandovski Turkiyaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanishi mumkin

37 yoshli Levandovski Turkiyaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchisiga aylanishi mumkin

"Barselona"ning tajribali hujumchisi Robert Levandovski faoliyatini Turkiya Superligasida davom ettirishi mumkin. Polshalik yulduzga nisbatan Istanbulning "Beshiktosh" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Turk grandi forvardni o‘z safiga qo‘shib olish uchun quyidagi moliyaviy paketni tayyorlab qo‘ygani aytilmoqda:

Imzo bonusi: 10 million yevro (erkin agent sifatida o‘tishi uchun);

Yillik maosh: 20 million yevro (sof daromad);

Shartnoma muddati: 2 yillik kafolatlangan kelishuv.

Ushbu taklif "Barselona"ning moliyaviy imkoniyatlaridan ancha jozibaliroq ko‘rinmoqda. Xususan, kataloniyaliklar joriy yilning 30 iyunidan keyin futbolchiga bunday yuqori maosh to‘lay olmasliklari mumkinligi xabar qilinmoqda.

Agar transfer amalga oshsa, 37 yoshli Levandovski Turkiya chempionatining eng ko‘p maosh oluvchi yulduzlaridan biriga aylanadi.

Kiritildi: 23:45 16.03.2026. O'qildi: 223 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!