Bugun 14 aprel, 2026 yil, seshanba

КИР

35 dollar evaziga bojxonadan olib o‘tilayotgan sumkadan sintetik narkotiklar topildi!

35 dollar evaziga bojxonadan olib o‘tilayotgan sumkadan sintetik narkotiklar topildi!

“Toshkent-Aero” IBK tezkor tuzilmalari va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari bilan hamkorlikda aniqlangan navbatdagi holatning “qahramon”i bir qarashda aybsiz aybdordek tuyuladi.

“Istanbul–Toshkent” reysi bo‘yicha parvozini yakunlagan va bojxonadan “yashil” yo‘lak orqali harakatlangan ushbu yo‘lovchi o‘zi bilmagan holda sintetik giyohvandlik vositasini olib o‘tishga uringan vaqtida fosh qilindi.

Gap shundaki, parvoz oldidan Turkiyada notanish shaxsning sumkasini uning iltimosiga binoan 35 AQSh dollari evaziga Toshkentga olib kelgan yo‘lovchi ushbu sumkada nima borligiga qiziqib ham ko‘rmagan.

Vaholanki, bojxona ko‘rigi davomida yuklar orasidagi yeryong‘oq qadoqlangan paketda yeryong‘oq donalari orasiga unga o‘xshash hajmdagi qizil rangli tabletkalar aralashtirilgani fosh bo‘ldi.

Har biriga “Marvel” yozuvi tushirilgan mazkur tabletkalar soni 598 dona bo‘lib, ular MDMA sintetik giyohvandlik vositasi ekanligi fosh bo‘ldi.

Mazkur turdagi sintetik narkotik tabletkalarning qora bozordagi chakana narxi esa kamida 15–20 ming AQSh dollarini tashkil qiladi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: Bugun 15:41. O'qildi: 433 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!