Bugun 13 avgust, 2025 yil, chorshanba

КИР

300 million so‘m: "Yo‘l tanlamas" ning tanlagan yo‘li xato edi

300 million so‘m: "Yo‘l tanlamas" ning tanlagan yo‘li xato edi

Majburiy ijro byurosining Jizzax viloyati boshqarmasi tomonidan tijorat banki foydasiga 300 million so‘m kredit qarzdorligini undirish haqidagi sud qarori ijro etildi.

Qarzdor R.R. kredit majburiyatlarini bajarmagani sababli, sud uning garovdagi mulki — «Chery iCar» avtomobilini undiruvga qaratish haqida qaror chiqardi.

MIB xodimlari tomonidan R.R. bir necha bor ogohlantirilganiga qaramay, u qarzdorlikni to‘lashdan bosh tortgan va garovdagi avtomobilni yashirib yurgan. Shu sababli avtomobil qidiruvga berildi.

Qidiruv tadbirlari davomida qarzdorga tegishli «Chery iCar» avtomobili Jizzax shaxrining aylanma yo‘llarida harakatlanayotganligi aniqlanib, jarima maydonchasiga joylashtirildi.

Avtomobil elektron onlayn auksionda sotilib, tushgan mablag‘dan qarzdorlik to‘liq qoplanadi.

Kiritildi: 18:12 12.08.2025. O'qildi: 1036 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!