Bugun 29 mart, 2025 yil, shanba

КИР

28 mart kuni Moskvada MDHga a’zo davlatlarning Xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi

28 mart kuni Moskvada MDHga a’zo davlatlarning Xalqaro iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tadi

Ilmiy, innovasion va investisiya loyihalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, shuningdek, Yevroosiyo ishlab chiqarish va logistika zanjirlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Asosiy e’tibor iqtisodiy hamkorlikni rag‘batlantirish, fan-texnika sohasida qo‘shma tashabbuslarni rivojlantirish, innovasion loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun shart-sharoit yaratishga qaratiladi.

Yalpi majlisda Belarus Bosh vazirining o‘rinbosari Vladimir Karanik, Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk, Tojikiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Hokim Xoliqzoda, MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Baxitjan Sagintayev va boshqalarning chiqishlari rejalashtirilgan.

Forum doirasida integrasiyaning keyingi istiqbollari, shuningdek, MDH mamlakatlari iqtisodiyotining muhim tarmoqlarida ilmiy-texnikaviy taraqqiyot muammolariga bag‘ishlangan sakkizta davra suhbati o‘tkaziladi.

Kiritildi: 15:23 24.03.2025. O'qildi: 529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!