Amerika va Yevropa olimlarining qo‘shma tadqiqotiga ko‘ra, 2080 yillarga borib, odamsimon robotlar soni 10 milliarddan oshadi, bu Yerning umumiy aholisidan ko‘p.
Bunday xulosaga Milan, Ekseter va Rokfeller universitetlari olimlari tomonidan o‘tkazilgan qo‘shma tadqiqot natijasida erishildi.
Tadqiqot mualliflari odamsimon robotlar soni odamlar soniga nisbatan qanday o‘zgarishini taxmin qiluvchi matematik model yaratdilar.
BMTning "Dunyo aholisining kelajagi 2024" hisobotida keltirilgan prognozlarga ko‘ra, 2080 yillarning o‘rtalariga borib, dunyo aholisi taxminan 10,3 milliard kishiga yetadi, shundan so‘ng u asta-sekin kamaya boshlaydi.
Olimlar 4000 dan ortiq mumkin bo‘lgan ssenariylarni ko‘rib chiqdilar. Bir tadqiqotga ko‘ra, odamsimon robotlar soni 2025 yilda 100 000 tadan 2050 yilga borib 1 milliardga ko‘payishi mumkin.
Tadqiqotchilar robotlar robot yaratishning radikal ssenariysini alohida ko‘rib chiqdilar. Mualliflarning fikriga ko‘ra, bu holda Yer tezda robotlar tomonidan qamrab olinishi mumkin.
Tadqiqotga ko‘ra, agar androidlarning o‘zlari robotlar yaratishda ishtirok etganida va yetarli elektr energiyasi va komponentlarga ega bo‘lganida, ularning soni taxminan 2083 yilga borib odamlardan oshib ketishi mumkin.
Biroq, tadqiqot mualliflari bu prognoz emas, balki faqat nazariy ssenariy ekanligini ta’kidlaydilar. Ular shuningdek, "sonlarning o‘xshashligini ijtimoiy, siyosiy yoki iqtisodiy ustunlik bilan adashtirmaslik kerak" deb ogohlantiradilar.