“Fuqaro aviasiyasi sohasida davlat siyosati yuritishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–193-son, 27.10.2025 y.) qabul qilindi.
🔰 2030 yilgacha fuqaro aviasiyasi sohasini rivojlantirishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
🔹 havo transportida xizmat ko‘rsatilgan yo‘lovchilar sonini 24 million nafarga yetkazish;
🔹 xalqaro va mahalliy yo‘nalishdagi parvozlar sonini 200 mingtaga yetkazish;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi rezident aviakompaniyalari havo kemalari parkini 180 taga yetkazish.
🗓 2026 yil 1 yanvardan boshlab “O‘zaviasiya” agentligini saqlash uchun Davlat byudjetidan ajratmalar bekor qilinadi.
📝 2025 yil yakuni va kelgusi yillar uchun “O‘zaeronavigasiya” markazi DUK sof foydasidan Fuqaro aviasiyasi agentligini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladigan 20 foiz ajratma bekor qilinadi.