Saudiya Arabistonining Neom shahri 2029 yil X qishki Osiyo o‘yinlarini qabul qilishi rejalashtirilgan edi. Biroq mezbonlik huquqi Qozog‘istonning Olma-ota shahriga topshirildi.
Bugun Milan shahrida, qishki Olimpiya o‘yinlari arafasida ushbu qaror rasman e’lon qilinib, Osiyo Olimpiya Kengashi hamda Qozog‘iston Milliy Olimpiya qo‘mitasi o‘rtasida mezbonlik bo‘yicha shartnoma imzolandi.