Bugun 28 mart, 2025 yil, juma

КИР

2027 yilgi Chempionlar ligasi finali qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

2027 yilgi Chempionlar ligasi finali qayerda o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

2027 yilgi Chempionlar ligasi finali Ispaniyada bo‘lib o‘tadi.

Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi prezidenti Rafael Lusan hal qiluvchi o‘yin "Metropolitano"da o‘tkazilishiga kafolat olganini ma’lum qildi. "Atletiko" stadioni 70 460 tomoshabinga mo‘ljallangan.

Sentyabr oyida UYEFA "San-Siro"ning o‘yinni tashkil qilish huquqini ehtimoliy rekonstruksiya ishlari tufayli bekor qilgani ma’lum bo‘ldi. "Metropolitano"dan tashqari, Bokudagi "Olimpiya" stadioni ham Chempionlar ligasi finaliga da’vogar edi.

Kiritildi: 02:29 20.03.2025. O'qildi: 1162 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!