Bu haqda ushbu hududda o‘tkazilgan press-turda ma’lum qilindi, deb xabar beradi @SputnikUzbek muxbiri.
Qayd etilishicha, 2025 yilning yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 7,4 mln dan ortiq xorijlik kelgan, ularning 950 mingga yaqini sayyohlik maqsadida tashrif buyurgan.
Turizm polisiyasi shu davrda:
🔸257 ta xorijiy delegasiya xavfsizligini ta’minladi;
🔸67,7 ming sayyohga, asosan yo‘l ko‘rsatish va tibbiy masalalarda yordam berdi;
Bundan tashqari transport xavfsizligi bo‘linmalari 10 ta jinoyatni fosh etdi, 70 nafar bedarak yo‘qolgan shaxsni topdi va 405 ta xavfli buyumni musodara qildi.