Bu fan talabalarni tadbirkorlik asoslari hamda biznes yuritish imkoniyatlari bilan tanishtirishga xizmat qiladi.
Shavkat Mirziyoyev oliy ta’lim bitiruvchilari bandligini ta’minlash bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimotga ko‘ra:
▪️joriy yilda 360 ta oliygoh va 750 ta fakultet miqyosida mehnat yarmarkalari o‘tkaziladi
▪️har bir yo‘nalish bo‘yicha mingdan ortiq ish beruvchilar bilan uchrashuvlar va workshop’lar tashkil etiladi
▪️8 mingdan ortiq loyiha uchun 500 mlrd so‘m yo‘naltirilib, 10 mingga yaqin yosh band qilinadi.
Shuningdek, startaplarni qo‘llab-quvvatlash, spin-off korxonalarga talabalarni jalb etish hamda bitiruv ishlarini ish beruvchi korxonalarda himoya qilish amaliyoti kengaytiriladi.