Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Kit Kellog Isroilning yadroviy quroli borligini “ochiqlab qo‘ydi”

Kit Kellog Isroilning yadroviy quroli borligini “ochiqlab qo‘ydi”

Fox News xabar berishicha, AQSh prezidentining Ukraina bo‘yicha sobiq maxsus vakili Kit Kellog Isroilda yadroviy qurol mavjudligi haqida jamoatchilikda yangi muhokamalarga sabab bo‘ladigan bayonot bergan.

Fox News ma’lumotiga ko‘ra, Kellogning so‘zlari Isroilning yadroviy salohiyati mavjudligi haqidagi uzoq yillik, ammo rasman tasdiqlanmagan taxminlarni yana kun tartibiga olib chiqqan.

Kellogning aytishicha, aynan shu omil sababli AQSh va Isroilning Eronga qarshi ehtimoliy operasiyalari juda muhim hisoblanadi, chunki bu Yaqin Sharqda «yangi yadroviy davlat» paydo bo‘lishining oldini olishga qaratilgan.

Kellog ta’kidlashicha, Eron yadroviy qurolga ega bo‘lishi mintaqada yangi strategik kuch markazining shakllanishiga olib kelishi mumkin.

Isroil rasman o‘z yadroviy dasturi mavjudligi haqida izoh bermaydi va odatda bu masalada ma’lumotlarni na tasdiqlaydi, na rad etadi. Shu sababli mamlakatning yadroviy salohiyati xalqaro siyosatda eng sezgir va bahsli mavzulardan biri bo‘lib qolmoqda.

Kiritildi: Bugun 19:45. O'qildi: 398 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!