AOKAda “O‘zbekgidroenergo”AJ rahbariyati ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida 2024 yil davomida amalga oshirilgan ishlar hamda 2025 yildagi rejalar haqida ma’lumot berildi:
⚫️Jamiyat tomonidan bugungi kunga qadar umumiy quvvati 430 MVtga teng bo‘lgan 55 ta GES foydalanishga topshirildi.
⚫️Shundan, 42 ta yangi GES qurilgan bo‘lsa, 13 ta mavjud GES zamonaviy talablar asosida to‘liq modernizasiya qilindi.
⚫️2024 yil yakunlari bilan Jamiyatning umumiy aktivlari qiymati ilk bor 1 mlrd 200 mln. dollarga yetkazildi. 2017 yil bilan taqqoslanganda, jami aktivlarimiz qiymati 4 barobarga oshdi. Bu bilan, Jamiyatning xalqaro miqyosdagi “kredit yelkasi” ishonchlilik darajasi yanada mustahkamlanib 2,5 koeffisiyentni tashkil etdi.
⚫️2024 yilda tizimdagi energiya hosil qiluvchi korxonalar tomonidan 8,2 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarildi.
⚫️ “O‘zbekgidroenergo” AJ milliy elektr tarmoqlariga elektr energiyasini yetkazib berish asnosida, yirik soliq to‘lovchi sifatida o‘tgan yilning o‘zida davlat byudjetiga qariyb 1 trillion so‘mlik soliq va boshqa to‘lovlarni amalga oshirildi.
📌“O‘zbekgidroenergo” AJ tomonidan joriy 2025 yilda quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ustuvor vazifalarni amalga oshirish maqsad etib belgilangan:
🔝 2025 yilda elektr energiyasi ishlab chiqarishda o‘tgan yilga nisbatan 10 foiz o‘sish sur’atiga erishish;
🔝Investisiya dasturiga asosan umumiy 3,3 mlrd.dollarga teng 14 ta loyihani amalga oshirish;
🔝 umumiy quvvati 222 MVt, yillik ishlab chiqarishi 1 mlrd kVt.soatga teng 38 ta loyihani foydalanishga topshirish.