Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Axborot xizmati rahbari Nilufar Jumayeva ma’lum qildi.
⚫️2024 yilda jami 7 ta yer osti piyodalar o‘tish yo‘llari foydalanishga topshirilgan. Jumladan:
⚫️Toshkent viloyatida 6 ta, M39b “Toshkent halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 32—34 km qismida 2 ta, M39b “Toshkent halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 34—36 km qismida 2 ta, 4R12 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent- Chorvoq” avtomobil yo‘lining 73,5 km qismida 1 ta hamda 4R12 “Bektemir-Chirchiq-G‘azalkent-Chorbog‘” avtomobil yo‘lining 31—34 km qismida 1 ta;
⚫️Toshkent shahrida 1 ta, M39b “Toshkent halqa yo‘li” avtomobil yo‘lining 42—47 km qismida 1 ta yer osti piyodalar o‘tish yo‘li foydalanishga topshirilgan.
⚫️2025 yilda jami 18 ta yer osti o‘tish yo‘llari qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, Buxoro viloyatida 3 ta, 4R75 “4R66 avtoyo‘li-A380 avtoyo‘li-Varaxsha q.-Moxonko‘l dahasi-Qorako‘l sh.” avtomobil yo‘lining 82,2 km qismida 1 ta, Buxoro shahar “B.Naqshband” ko‘chasidan o‘tuvchi 4R91d “Buxoro aeroportiga” avtomobil yo‘lining 2,6 km qismida 1 ta, 4R58 k “G‘ijduvon shahriga kirish” avtomobil yo‘lining 2,5 km qismida 1 ta;
⚫️Samarqand viloyatida 2 ta, jumladan, 4R47 “Bulung‘ur-Urgut” avtomobil yo‘lining 2 km qismida 1 ta, Samarqand shahridagi Gagarin va M.Ulug‘bek ko‘chalari kesishmasida 1 ta.
⚫️Toshkent shahrida 4 ta, M39b “Toshkent halqa yo‘li” avtomobil yo‘li”ning 43,0 km, 44,0 km, 45,0 km, va 45,5 km qismlarda jami 4 ta yerosti o‘tish yo‘llari qurilmoqda.