Bugun 3 iyun, 2026 yil, chorshanba

КИР

2023 yilda hokim yordamchilari ko‘magida 241 ming nafar fuqaroga ijara asosida yer ajratildi

A A A
2023 yilda hokim yordamchilari ko‘magida 241 ming nafar fuqaroga ijara asosida yer ajratildi

2023 yilda hokim yordamchilari ko‘magida 241 ming nafar fuqaroga ijara asosida yer ajratildi.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi axborot xizmati rahbari Nosir Boymirzayev ma’lum qildi.

⏺Shuningdek, 1,6 mln nafar fuqaro o‘zini-o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatga olindi.

⏺Hokim yordamchilarining tavsiyanomalari asosida
472 mingta loyihaga 10 trln. so‘mlik kreditlar ajratildi.

⏺Hokim yordamchilari tomonidan shakllantirilgan 54 mingta "mahallabay" mikroloyihadan 51 mingtasi ishga tushirilib, natijada 206 mingta ish o‘rni yaratildi.

⏺Hokim yordamchilari tomonidan 1,1 mln.dan ortiq kambag‘al oilaga individual dasturlar ishlab chiqilib, qisqa davrda bu oilalarning 95 ming nafar ishsiz a’zolari doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi, 36 ming nafariga imtiyozli kredit va 8 ming nafariga subsidiyalar ajratildi.

Kiritildi: 06:55 19.03.2024. O'qildi: 889 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!