Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

«200 foiz ishonchim borki, Livan urushga qo‘shilmaydi»,- Livan parlament spikeri

«200 foiz ishonchim borki, Livan urushga qo‘shilmaydi»,- Livan parlament spikeri

Livan parlament spikeri Nabix Berri Eron va Isroil o‘rtasidagi urushga Livan aralashmasligini ma’lum qildi. Bu haqda u mahalliy MTV News telekanaliga bergan intervyusida aytdi.

«200 foiz ishonchim borki, Livan urushga qo‘shilmaydi. Bu bizning manfaatimizda emas va bunday holatda biz juda katta to‘lov to‘lar edik», — dedi Berri.

U shunday deb qo‘shimcha qildi: «Eronga biz kerak emasmiz. Bu Isroilga yordam kerak».

Bu bayonot «Hizbulloh» harakatining Eronni qo‘llab-quvvatlash ehtimoli muhokama qilinayotgan paytga to‘g‘ri keldi. Har qanday keskinlashuv holatida Eron tomonida harakat qilish ehtimoli muhokama qilinsa-da, «Hizbulloh» hozirgacha to‘g‘ridan-to‘g‘ri urushga aralashishga tayyorligini ko‘rsatmagan.

Bundan avval AQShning Suriya bo‘yicha maxsus vakili Tom Barak «Hizbulloh» harakatiga nisbatan qattiq ogohlantirish bilan chiqdi. Uning ta’kidlashicha, harakatning mojaroga aralashishi «juda, juda, juda yomon qaror» bo‘ladi.

«Prezident Tramp nomidan aytsam — bu juda ehtiyotsiz qadam bo‘lar edi», — dedi Barak harakatning ehtimoliy rolini muhokama qilib.

AQSh hozircha qanday choralar ko‘rilishini aniq aytmagan, biroq «Hizbulloh»ning har qanday harakati jiddiy keskinlashuv sifatida baholanishini ta’kidlagan.

Kiritildi: 09:24 21.06.2025. O'qildi: 659 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!