Namangandagi «T.M.S.S» MCHJ «Qamchiqavtoyo‘l» yo‘llardan foydalanish korxonasiga 20 ta avtomashina ijaraga bergan, biroq ijara haqini to‘liq ololmagan.
Biznes-ombudsman ma’lum qilishicha, tomonlar o‘rtasidagi shartnomalar 2022–2026 yillarda tuzilgan. Avtomashinalar tegishli hujjatlar bilan topshirilib, xizmatlar uchun hisobvaraq-fakturalar rasmiylashtirilgan bo‘lsa-da, 878 mln so‘mdan ortiq ijara haqi to‘lanmay qolgan.
Tadbirkorning murojaatidan so‘ng Biznes-ombudsman uning manfaatini himoya qilib, sudga da’vo kiritgan. Namangan tumanlararo iqtisodiy sudi korxonadan «T.M.S.S» MCHJ foydasiga 878 mln so‘m qarzni undirishni belgilagan.