Bugun 23 noyabr, 2024 yil, shanba

КИР

18 yil tergovdan qochib yurgan angrenlik oila O‘zbekistonga qaytarildi

18 yil tergovdan qochib yurgan angrenlik oila O‘zbekistonga qaytarildi

IIB xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida jinoyat sodir etib, tergov va sud organlaridan yashirinib yurgan fuqarolarning oila a’zolari bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Bu haqda Toshkent viloyati IIB matbout xizmati «Daryo»ga xabar berdi.

Uchrashuvlarda qidiruvdagi shaxs O‘zbekiston hududidan tashqarida yashiringan bo‘lsa, hech qanday to‘sqinliklarsiz vataniga qaytishi mumkinligi va uning jazosi yengillashtirilishi tushuntirilmoqda.

Xususan, 1977 yili tug‘ilgan angrenlik A.A. va uning turmush o‘rtog‘i 18 yil mobaynida sud va tergov organlaridan yashirinib yurgan. Toshkent viloyati IIB jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari ko‘magida A.A. va uning oila a’zolari O‘zbekistonga qaytib keldi.

A.A. va uning turmush o‘rtog‘iga nisbatan belgilangan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi garov ehtiyot chorasiga o‘zgartirildi.

Kiritildi: 14:24 28.07.2018. O'qildi: 1826 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!