Bugun 26 iyul, 2026 yil, yakshanba

КИР

18 iyuldan Toshkent – Bekobod qatnoviga zamonaviy elektropoyezd chiqariladi

18 iyuldan Toshkent – Bekobod qatnoviga zamonaviy elektropoyezd chiqariladi

18 iyuldan Toshkent Bekobod Toshkent yo‘nalishidagi shaharlararo qatnov yangi zamonaviy elektropoyezd bilan amalga oshiriladi. Yangi tarkib kondisioner, USB quvvatlantirish portlari, videokuzatuv tizimi hamda imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun maxsus moslamalar bilan jihozlangan.

«O‘zbekiston temiryo‘llari» AJ ma’lum qilishicha, 2026 yil 18 iyuldan boshlab Toshkent – Bekobod – Toshkent shaharlararo elektropoyezdi yangi zamonaviy tarkib bilan harakatlanadi.

Yangi elektropoyezdda kondisioner tizimi, USB quvvatlantirish portlari, qulay va zamonaviy o‘rindiqlar, videokuzatuv hamda audio-axborot tizimi o‘rnatilgan. Shuningdek, imkoniyati cheklangan yo‘lovchilar uchun maxsus chiqish-tushish moslamalari va alohida o‘rindiqlar ham mavjud.

Qatnov jadvaliga ko‘ra, 7050-sonli poyezd Toshkent Markaziy vokzalidan soat 18:34 da yo‘lga chiqib, Bekobodga 21:38 da yetib boradi. 7049-sonli poyezd esa Bekoboddan soat 06:00 da jo‘nab, Toshkent Markaziy vokzaliga 09:16 da yetib keladi.

Chipta narxi kattalar uchun 15 ming so‘m, bolalar uchun esa 9 ming so‘m etib belgilangan.

Chiptalarni temiryo‘l kassalari hamda elektron platforma orqali xarid qilish mumkin.

Kiritildi: 12:51 17.07.2026. O'qildi: 952 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!