Bugun 16 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

+18. Tug‘ruq stolida yotgan ayol fonida suratga tushgan shifokorlar yodingizdami? (FOTO)

+18. Tug‘ruq stolida yotgan ayol fonida suratga tushgan shifokorlar yodingizdami? (FOTO)

Ayrim telegram kanallarda tug‘uruq stolida yotgan ayol fonida suratga tushgan tibbiyot xodimlarining fotosurati tarqatildi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu surat Samarqand shahridagi 3-tug‘uruq majmuasida tushirilgani ma’lum qilindi.

Samarqand viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi ishchi guruhi ushbu ma’lumotni o‘rganib, uni yolg‘on ekanligini aniqladi.

Hozirgi axborot texnologiyalari rivojlangan davrda har qanday ma’lumotning dastlabki manbasini aniqlash murakkab ish emas. Ahamiyatlisi, ushbu suratdagi shifokorlar Samarqand shahridagi 3-tug‘uruq majmuasida faoliyat olib borishmaydi.

Aniqlanishicha, dastlab ushbu surat 2020 yil 4 avgust kuni Ozarbayjon respublikasida istiqomat qiluvchi tvitter foydalanuvchisining akkauntida paydo bo‘lgan.

+18. Homilador ayol fonida suratga tushgan shifokorlar yodingizdami? (FOTO)

"Biroq ko‘proq obunachilarni kanali yoki sahifasiga jalb etish, mashhurlikka erishish ilinjida bo‘lgan ayrim «bloger» yurtdoshlarimiz afsuski buni o‘z kanallariga joylab, yolg‘on ma’lumot tarqatishdi.

Hurmatli "bloger"lar xalqimizda "yolg‘onning umri qisqa bo‘ladi" degan naql bor. Siz tarqatgan yolg‘on ma’lumotlarning ham umri qisqaligini, yolg‘on ma’lumot tarqatganlik uchun javobgarlik borligini unutmang", deb yozadi Samarqand viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi o‘z bayonotida.

Kiritildi: 21:04 10.08.2020. O'qildi: 23561 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!