Bugun 5 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

17 ta oliygoh Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi

17 ta oliygoh Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi


Prezidentning 2 oktyabrdagi qarori bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi 14 ta pedagogik hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi 3 ta oliy ta’lim muassasasi Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligi tizimiga o‘tkazildi.

Shuningdek, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Nizomiy Ganjaviy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti deb qayta nomlandi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining pedagog kadrlar tayyorlash sohasidagi quyidagi vazifalari Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligiga yuklatildi:

▪️ yagona konseptual yondashuv asosida oliy ma’lumotli pedagog kadrlar tayyorlash siyosatini yuritish;
▪️ pedagogik ta’lim sohasini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;
▪️ pedagogik ta’limning uzviyligi va uzluksizligini, ta’lim-tarbiya jarayoniga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalari joriy etilishini ta’minlash;
▪️ pedagogika sohasida ilmiy-tadqiqot va innovasion faoliyatni rivojlantirish;
▪️ pedagogika sohasida kadrlar tayyorlaydigan oliy ta’lim muassasalarining boshqaruv tizimini takomillashtirib borish.
Kiritildi: 08:59 03.10.2026. O'qildi: 793 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!