O‘zbekistonda 15 mart, yakshanba kuni metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar qildi.
Qayd etilishicha, Farg‘ona vodiysida metan zapravkalarning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda gaz bosimidan kelib chiqib, amalga oshiriladi. Shu sababli ayrim joylarda ular ishlamasligi mumkin.
O‘zbekistonda havo harorati pasaygani sababli 10 mart kuni soat 16:00 dan boshlab metan zapravkalar faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etilgandi.