Bugun 15 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

100 million so‘mdan ortiq qarzdorligi bor otaga hukm o‘qildi

100 million so‘mdan ortiq qarzdorligi bor otaga hukm o‘qildi

Salkam o‘n yildan buyon voyaga yetmagan farzandining ta’minotidan bo‘yin tovlab kelgan ota bir yilga qamaldi. Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi sudyasi Malik Boboyev ma’lum qilmoqda. Ta’kidlanishicha, 2010 yilda fuqaro K.N. va D.A. qonuniy nikohdan o‘tib oila qurishgan. 2012 yilda o‘rtalarida farzand tug‘ilgan bo‘lishiga qaramay, oilaviy kelishmovchiliklar sababli alohida yashay boshlashgan. 2014 yildan boshlab, K.N. otalik mas’uliyatidan qochib, 9 yil davomida voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun to‘lanadigan 100 million so‘mdan ortiq miqdordagi aliment to‘lovlarini amalga oshirmay kelgan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro shahar sudi qarori bilan 2023 yilda K.N.ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Oradan yana bir necha oy o‘tganiga aramay, bundan xulosa chiqarmagan K.N. farzandi ta’minotidan yana bo‘yin tovlab kelgan. Qarzdor sifatida 100 million so‘m aliment pullarini to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlab kelgan otaning qarzdorligi yana salkam o‘n million so‘mga oshgan. Sudda o‘z ishi ko‘rib chiqilgan K.N. buncha miqdordagi pullarni to‘lashga qurbi yetmasligi va imkoniyati ham yo‘qligini ro‘kach qilgan va bor-yo‘g‘i, 6 million so‘m to‘lovni amalga oshirgan. Voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun ijro hujjati yuzasidan majburiy ijro harakatlarini mensimay, aliment to‘lovidan qasddan bo‘yin tovlab kelgan K.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat tishi qo‘zg‘atilib, bir yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. «Aliment to‘lovchi shaxs voyaga yetmagan farzandi ta’minotini amalga oshirishdan bo‘yin tovlasa ham, qochib yursa ham, o‘zini otalik huquqidan mahrum qilinishini so‘rasa ham qarzdorligini amalga oshirishga majbur. Otaning turli jazo muddatlarini o‘tashi – to‘lovlarning qisqarishi yoxud to‘lamasligiga kafolat emas! U har qanday holatdayam voyaga yetmagan farzandi ta’minoti uchun belgilangan miqdordagi qarzdorlikni amalga oshirishga majbur»,-deydi sud raisi.

Kiritildi: Bugun 00:53. O'qildi: 289 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!