Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

10 yoshli bola o‘limiga sabab bo‘lgan ichki ishlar xodimiga hukm o‘qildi

10 yoshli bola o‘limiga sabab bo‘lgan ichki ishlar xodimiga hukm o‘qildi

10 yoshli bola o‘limiga sabab bo‘lgan ichki ishlar xodimi 5 yilga qamaldi. OAV mazkur ish bo‘yicha sud tafsilotlarini e’lon qildi.

Hodisa 2026 yil 5 aprel kuni soat 11:20 atrofida Termiz shahrida sodir bo‘lgan. Aniqlanishicha, Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy xavfsizlik bosh boshqarmasining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimi Q.A. o‘ziga biriktirilgan Nexia-2 xizmat avtomobilida ikkinchi darajali ko‘chadan kelib, “Stop” belgisi oldida to‘xtamasdan asosiy yo‘lga chiqqan. Shunda u asosiy yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan Cobalt’ning chap tomoniga borib urilgan.

Xodim avtomobilning tormozi ishlamay qolganini aytgan. Biroq ekspertiza tormoz va rul tizimlari to‘qnashuvgacha soz bo‘lganini, nosozlik esa zarba oqibatida yuzaga kelganini aniqlagan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Termiz shahar sudining hukmi bilan Q.A. Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismida (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi.

Kiritildi: 18:54 14.10.2026. O'qildi: 560 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!