O‘zbekiston U-16 terma jamoasi Indoneziya U-16 jamoasiga qarshi dastlabki uchrashuvini o‘tkazdi.
Gollarga boy kechgan bahsda O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi 4:6 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.
Vakillarimiz safida Abdulloh Xolmamatov, Kamoliddin Akbaraliyev va Hojiakbar Zilfiqorov gol urdi. Yana bir to‘p Indoneziya futbolchisi Ramadxan Putraning avtogoli evaziga qayd etildi.
O‘zbekiston U-16 asosiy tarkibi: Aziz Berdiyev, Hojiakbar Zulfiqorov, Azizillo Erkinjonov (S), Abdulloh Xolmamatov, Ro‘zimurod Ro‘zimurodov, Shohjahon To‘raqulov, Abubakr Mamatov, Hasan Urolov, Fayz Achilov, Husan Urolov, Yahyo Baxtiyorov
Zaxiradan maydonga tushganlar: Abduvaliyev, Bobirov, Tilloyev, Shuhratillayev, Eshboyev, Aminov, Akbaraliyev, Xayrullayev, Samatov.
Zaxirada qolganlar: Bahriddinov, Hayitmurotov, Abdujalilov.