2025-2026 o‘quv yili uchun 1-sinfga elektron qabul joriy etilgan hududlarda mikrohududdan tashqari maktablarga qabul jarayoni 1 avgust kuni soat 10:00 da boshlandi.
Bu jarayon orqali ota-onalar bolalarini yashash manziliga biriktirilgan maktabdan tashqari boshqa ta’lim muassasasiga joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatilishi ham 1 avgustdan davom ettirilmoqda. Bu xizmat maktabini o‘zgartirmoqchi bo‘lgan ota-onalar uchun qulay elektron tartibda amalga oshiriladi.
Bola mikrohududdan tashqari maktabga qabul qilinganidan so‘ng, avval mikrohudud bo‘yicha yuborilgan ariza avtomatik ravishda asosiy maktabga o‘tkaziladi. Bu qabul jarayonini ortiqcha qog‘ozbozlikdan xoli qiladi va maktablar o‘rtasidagi ma’lumot almashinuvini tezlashtiradi.
Elektron qabul jarayonlari bo‘yicha savollar tug‘ilsa, 71-203-07-04 yoki 71-203-04-03 raqamlari orqali yoki telegramdagi @mymaktab_uz rasmiy kanali orqali javob olish mumkin.