2025 yil 1 sentyabrdan boshlab Rossiyada «Instagram» va «Facebook» kabi Meta kompaniyasiga tegishli platformalarda istalgan ko‘rinishdagi reklama joylashtirish qonuniy ravishda taqiqlanadi. Bu haqda Rossiya prezidenti tomonidan imzolangan yangi qonunda batafsil belgilangan.
Ushbu o‘zgarish Rossiya hukumati tomonidan Meta’ning faoliyatini ekstremistik deb tan olganidan keyin amalga oshirilmoqda. Endi nafaqat korxonalar, balki oddiy foydalanuvchilar ham reklama kontenti uchun javobgarlikka tortilishi mumkin. Hattoki eski publikasiyalar uchun ham.
Kimlarga qanday jaza qo‘llanadi?
Yangi qonunda Instagram’da reklama joylashtirganlarga:
Jazo choralari pullik postlar, barter asosidagi reklama, promo-kodlar, xizmatlar taklifi va boshqa turdagi tijorat kontentini o‘z ichiga oladi. Shuningdek, nativ reklama va mahsulot ko‘rsatish orqali sotuvni rag‘batlantirish harakatlari ham reklama sifatida baholanadi.
Qaysi toifalar ta’sirga uchraydi?
Ushbu cheklovdan eng ko‘p zarar ko‘ruvchilar:
Qonun faqat 1 sentyabrdan keyin joylashtirilgan reklamalarga tatbiq etiladi. Oldin joylangan postlar uchun jarima belgilanmaydi.