Bugun 23 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

1 sentyabrdan boshlab barcha maktablarda biometrik kuzatuv tizimi joriy etiladi

1 sentyabrdan boshlab barcha maktablarda biometrik kuzatuv tizimi joriy etiladi

«Xavfsiz maktab» loyihasi doirasida 2025/2026 o‘quv yili boshlanguncha mamlakatdagi barcha umumta’lim maktablariga biometrik kuzatuv kameralari o‘rnatiladi.

Yangilik nimada:

Har bir o‘quvchining yuzi maktabga kirishda skaner qilinadi va qayd etiladi;

Agar bola maktabga kelmasa, bu haqda ota-onalarga avtomatik xabar yuboriladi;

Kuzatuv kameralari kechikishlar, maktab tartibi buzilishi yoki favqulodda holatlarni to‘liq qayd etadi.

Ushbu chora-tadbirlar maktablarda xavfsizlikni oshirish, bolalarning muntazam darslarga qatnashini nazorat qilish hamda ota-onalarga tezkor axborot yetkazish maqsadida amalga oshirilmoqda.

Kiritildi: 05:30 22.06.2025. O'qildi: 757 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!