Bugun 30 may, 2026 yil, shanba

КИР

1 iyundan mehmonxona va restoranlarda alkogol va tamaki mahsulotlarini naqd pulga sotishga ruxsat berildi

1 iyundan mehmonxona va restoranlarda alkogol va tamaki mahsulotlarini naqd pulga sotishga ruxsat berildi

O‘zbekistonda 1 iyundan mehmonxona va umumiy ovqatlanish joylarida alkogol va tamakini naqd pulga sotishga ruxsat berildi. Bu 26 may kuni imzolangan «Kichik biznes sub’ektlarining o‘sishi uchun yanada kulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risidagi» prezident farmonida belgilandi.

Xususan, hujjat bilan, 2026 yil 1 iyundan boshlab mehmonxona va umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan:

  • alkogol va tamaki mahsulotlarini sotishda naqd pul to‘lovlarini qabul qilishga ruxsat beriladi;
  • alkogol mahsulotlari xarid qilinganda raqamli markirovka kodlari ushbu sub’ektlarda yakuniy iste’molga realizasiya qilingan deb e’tirof etiladi.

Umumiy ovqatlanish xizmatlarini ko‘rsatuvchi tadbirkorlik sub’ektlari uchun:

  • ayrim toifadagi xodimlarni mehnat organlarining mobil ilovasi orqali soddalashtirilgan tarzda shu kunning o‘zida va muayyan muddatga rasmiylashtirish va ish xakini to‘lash tartibi joriy etiladi;
  • to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish, tushumning naqd pulsiz shaklda tushgan ulushidan qat’i nazar, to‘langan soliq summasining 40 foizi miqdorida amalga oshiriladi;

Umumiy ovqatlanish, savdo va xizmat ko‘rsatish faoliyati bilan tegishli bino va inshootlarga hamda yer uchastkalariga tutash hududlardan foydalanishda to‘lanadigan ijara to‘lovi miqdori Soliq kodeksida belgilangan tartibda aniqlanadigan yer soligining bir baravari miqdorida belgilanadi.

2027 yil 1 yanvardan boshlab:

  • alkogol mahsulotlarini chakana sotish huquqi uchun hamda umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan alkogol mahsulotlarini realizasiya qilish huquqi uchun yig‘imlar birlashtiriladi va uning stavkasi bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida belgilanadi;
  • jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga umumiy maydoni 1000 metr kvadratdan ko‘p bo‘lgan mol-mulk ijaraga berilganda, soliq solish maqsadida ijara to‘lovining eng kam stavkalari qo‘llanmaydi, bundan Toshkent shahri mustasno;
  • kichik biznes sub’ektlariga buxgalteriya hisobini yurituvchi tashkilotlar va soliq maslahatchilarini jalb qilish xarajatlarini ikki barobarga oshirgan holda chegirishga ruxsat beriladi.
Kiritildi: Bugun 15:22. O'qildi: 214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!