Bugun 23 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

1 fevraldan «Davlat ta’minotidagi oila»lar uchun ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi

1 fevraldan «Davlat ta’minotidagi oila»lar uchun ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi

Prezidentning «Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlariga davlat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF-258-son farmoniga ko‘ra, 2026 yil 1 fevraldan «Davlat ta’minotidagi oila» toifasiga kiritilgan oilalar uchun quyidagilarni o‘z ichiga olgan ijtimoiy yordam paketi joriy etiladi:

  • ushbu oilalar xonadoniga quvvati 7-10 kVtlik quyosh panellarini o‘rnatish uchun BHMning 100 baravarigacha subsidiya ajratiladi;
  • ushbu oilalarga tijorat banklari orqali 4 yilgacha BHMning 75 baravarigacha quyidagi maqsad va shartlarda kredit ajratiladi:
  • kredit oilaning mehnatga layoqatli a’zolarining bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni boshlash yoki kengaytirish, shu jumladan, chorva mollari, parranda, quyon, baliq va asalari uyasi, ko‘chma do‘konlar, motoroller, skuter va boshqa asosiy vositalarni sotib olish yoki issiqxona qurish uchun ajratiladi;
  • kredit 1 yillik imtiyozli davr bilan «davlat ta’minotidagi oila» toifasidagi oila a’zosining ijtimoiy kartasiga o‘tkaziladi;
  • kredit foiz stavkasi Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi doirasidagi foiz stavkasida hisoblanadi.
Kiritildi: 21:03 22.01.2026. O'qildi: 211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!