Bugun 22 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Turdimovning senatorlik vakolati nega tugatildi?

Turdimovning senatorlik vakolati nega tugatildi?

Markaziy saylov komissiyasi E. Turdimovning Senat a’zoligi vakolatini muddatidan ilgari tugatdi. Bu qaror qonun talabiga asoslangan holda qabul qilingan.

Konstitusiyamizga asosan, Oliy Majlis Senati a’zolari Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari orasidan saylanadi.

Agar senator o‘zining Kengashdagi deputatlik maqomini yo‘qotsa, u avtomatik ravishda Senatdagi a’zolikni ham yo‘qotadi.

Mazkur holatda Turdimov Sirdaryo viloyatiga hokim etib tayinlanishi bilan Samarqand viloyati Kengashi deputati sifatidagi vakolatini yo‘qotgan.

Agar, Turdimov keyinchalik Sirdaryo viloyati Kengashiga deputat etib saylansa, amaldagi qonunchilik asosida qayta senator sifatida saylanishi mumkin.

Senatorlik - mustaqil titul emas. U viloyat deputatligi bilan uzviy bog‘liq. Qonunchilik bu bog‘liqlikni aniq tartibga solgan.

Kiritildi: Bugun 08:54. O'qildi: 1264 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!