Tramp agar Grenlandiya aholisi orol AQShga qo‘shilishi uchun ovoz bersa, ularning har biriga 1 million dollardan berishni taklif qilishi rejalashtirmoqda. Bu haqda The Daily Mail xabar bermoqda.
Gap Grenlandiyaning taxminan 57 ming nafar aholisi haqida ketmoqda, ya’ni bu Qo‘shma Shtatlarga 57 milliard dollarga tushadi, deya xabar bermoqda nashr.
The Daily Mail manbalariga ko‘ra, bu g‘oya mintaqada AQSh harbiy ishtirokini kuchaytirishga erishishning muqobil usuli sifatida ko‘rib chiqilmoqda.
Shu bilan birga, Daniyaning pozisiyasi o‘zgarishsiz qolmoqda.
Kopengagen orolni topshirish yoki sotish imkoniyatini rad etadi va uning maqomiga oid har qanday qaror Daniya tomonining roziligini talab qilishini ta’kidlamoqda.
"Bu sodir bo‘lmaydi. AQSh Grenlandiyaga egalik qilmaydi. Bu — qizil chiziq", — dedi Daniya tashqi ishlar vaziri Lars Lyokke Rasmussen DR telekanaliga bergan intervyusida.