Ukrainada tinchlikka erishish masalasida oldinga siljish bor, muzokaralar bir masala oldida to‘xtab turibdi — AQSh prezidentining maxsus vakili
Stiv Uitkoff gap aynan qaysi masala haqida ketayotganiga aniqlik kiritmadi.
BBC'ning xabar berishicha, Stiv Uitkoff Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi doirasida biznesmen Viktor Pinchuk jamg‘armasi tomonidan tashkil etilgan tadbir — “Ukraina nonushtasi” chog‘ida tinchlik muzokaralarining qay tarzda ketayotganiga izoh berdi.
AQSh prezidenti maxsus vakilining ta’kidlashicha, u Davosdan keyin Moskvaga boradi.
Shuningdek, Uitkoffning so‘zlariga ko‘ra, u Davosda Ukraina jamoasi bilan Ukrainaning kelajakdagi iqtisodiy istiqbollarini, jumladan, Donald Trampning mamlakatni bojsiz savdo hududiga aylantirish g‘oyasini ham muhokama qilgan.