Tramp “Tinchlik kengashi”ga Putinni nima uchun taklif qilganiga izoh berdi. AQSh prezidentining fikricha, kengashga “barcha muhim shaxslar” jalb qilinishi lozim.
"Bizga hamma kerak. Ha, taklif etilganlar orasida ziddiyatli shaxslar ham bor, lekin ular natijaga erisha oladigan odamlar. Ular katta ta’sirga ega. Agar kengashda faqat tajribasizlar bo‘lsa, buni foydasi juda kam bo‘ladi. Tinchlik kengashi BMT qilishi kerak bo‘lgan ko‘p ishlarni amalga oshiradi. Albatta, biz BMT bilan ham hamkorlik qilamiz, lekin “Tinchlik kengashi” alohida ahamiyatga ega bo‘ladi", — deya ta’kidladi Donald Tramp.