Bugun 22 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari nega ozodlikka chiqqani aytildi

Andijon viloyati hokimining sobiq o‘rinbosari nega ozodlikka chiqqani aytildi

Ijtimoiy tarmoqlardagi qator manbalarda Andijon viloyat hokimining sobiq o‘rinbosari B. Xamrayevga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosi Toshkent shahar sudi apellyasiya instansiyasi ajrimi bilan o‘zgartirilgani turli talqin va taxminlar bilan muhokama qilinmoqda.

Toshkent shahar sudi matbuot xizmati aniqlik kiritadiki, jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudi tomonidan mansab vakolatini suiiste’mol qilish, o‘zganing mulkini o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda ayblangan jami 29 nafar sudlanuvchiga oid jinoyat ishi ko‘rilib, sudning 2025 yil 8 iyuldagi hukmi bilan tegishli jazolar tayinlangan.

Sud hukmiga nisbatan tuman prokurorning protesti va sudlanuvchilarning shikoyatlariga asosan jinoyat ishi Toshkent shahar sudi apellesiyasi instansiyasida ko‘rilib, (26.12. 2025 y.) hukmning 24 nafar sudlanuvchiga tegishli qismlari o‘zgartirilgan.

Xususan, birinchi instansiya sudi hukmi bilan B. Xamrayevga nisbatan tayinlangan 3 (uch) yil muddatga muayyan huquqdan mahrum etilgan holda 7 (etti) yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi (u Jinoyat kodeksining 167-moddasi 3-qismi “a”, “v” bandlari bilan aybdor deb topilgan) jinoyat oqibatida yetkazilgan zarar qoplangani munosabati bilan ish haqining 20 foizini davlat daromadiga undirib borish sharti bilan 2 (ikki) yil 6 (olti) oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga o‘zgartirilgan.

Jinoyat kodeksi 167-moddasining 5-qismiga ko‘ra, yetkazilgan moddiy zararning o‘rni qoplangan taqdirda ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo‘llanilmaydi.

B. Xamrayevga nisbatan tayinlangan muayyan huquqdan mahrum qilish jazosi o‘zgarishsiz qoldirilgan. Ajrimdan norozi taraflar taftish tartibida shikoyat yoki protest bildirish huquqiga ega.

Kiritildi: Bugun 10:36. O'qildi: 566 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!