Bugun 19 yanvar, 2026 yil, dushanba

КИР

Xitoy AQShni Grenlandiya masalasi bo‘yicha ogohlantirdi

Xitoy AQShni Grenlandiya masalasi bo‘yicha ogohlantirdi

Pekin Qo‘shma Shtatlarni Grenlandiyaga nisbatan o‘z harakatlarini oqlash uchun "Xitoy tahdidi"dan foydalanishni to‘xtatishga chaqirmoqda. Bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Go Szyakun ma’lum qildi, deya xabar beradi RIA Novosti.

"Biz AQShni o‘z manfaatlarini ko‘zlash uchun "Xitoy tahdidi"ni bahona qilishni bas qilishga chaqiramiz," - dedi diplomat orol atrofidagi vaziyatni izohlar ekan.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp NATO va Daniyaga murojaat qilib, Grenlandiyadan go‘yoki orolga nisbatan harbiy ambitsiyalarga ega bo‘lgan Rossiya va Xitoyni "olib tashlashni" talab qilgandi. Uning ta’kidlashicha, hududni "ikkita it qo‘shilgan arava bilan himoya qilib bo‘lmaydi."

Ko‘p o‘tmay Tramp Grenlandiya atrofidagi vaziyat tufayli Yevropaning bir qator davlatlariga qarshi bojlar joriy etilishini e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, savdo tariflari orolni "to‘liq va yakuniy sotib olish" bo‘yicha kelishuvga erishilgunga qadar amal qiladi.

Kiritildi: Bugun 16:01. O'qildi: 737 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!