Bugun 22 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Tramp fikridan qaytdi

Tramp fikridan qaytdi

Tramp Grenlandiya masalasi sabab Yevropa davlatlariga nisbatan savdo bojlarini joriy etish fikridan qaytdi.

AQSh prezidenti Donald Tramp Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi doirasida NATO bosh kotibi Mark Ryutte bilan uchrashuvdan so‘ng bojlarni joriy etish rejasidan voz kechdi.

Trampning so‘zlariga ko‘ra, ular Grenlandiya va butun Arktika mintaqasi bo‘yicha kelajakdagi kelishuvning umumiy asoslarini shakllantirishga muvaffaq bo‘lishgan.

"Bu qaror, agar amalga oshirilsa, Amerika Qo‘shma Shtatlari va NATO'ga a’zo barcha davlatlar uchun katta ijobiy natija bo‘ladi. Shu sababli 1 fevraldan kuchga kirishi kerak bo‘lgan tariflarni joriy etmayman", — dedi AQSh prezidenti.

Avvalroq Tramp fevral oyidan boshlab Daniya, Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvesiya, Fransiya, Germaniya, Niderlandiya va Finlyandiyadan AQShga eksport qilinadigan barcha mahsulotlarga 10 foizlik boj joriy etish bilan tahdid qilgan edi.

Kiritildi: Bugun 09:50. O'qildi: 764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!