Endi 086-shakldagi tibbiy ma’lumotnomani my.gov.uz orqali onlayn yuklab olish imkoni mavjud.
📌 Olish tartibi:
1️⃣ My.gov.uz portaliga kiring;
2️⃣ “Sog‘liqni saqlash” bo‘limiga o‘ting;
3️⃣ “086-shakl tibbiy ma’lumotnomani olish” xizmatini tanlang;
4️⃣ hujjatni yuklab oling.
ℹ️ Eslatma: ma’lumotnoma faqat avval shifokor ko‘rigidan o‘tilgandan keyin shakllanadi. Barcha xulosalar tizimga kiritilgandan so‘ng hujjatni onlayn olish mumkin.