Toshkent shahrining Mirobod tumanida Telegram va Instagram orqali firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxs qo‘lga olindi.
Bojxona qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 18 yoshli fuqaro “Musodara tovarlar” nomli Telegram kanali va ijtimoiy tarmoq sahifasi orqali musodara qilingan tovarlarni arzon narxda sotish haqida soxta e’lonlar berib kelgan.
U ishonch qozonish uchun rasmiy logotiplar va soxta hujjatlardan ham foydalangan.
Tezkor tadbir davomida u huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ushlangan. Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.