Bugun 1 may, 2026 yil, juma

КИР

Toshkent metrosi yer usti halqa liniyasida ish vaqti o‘zgartiriladi

Toshkent metrosi yer usti halqa liniyasida ish vaqti o‘zgartiriladi

Toshkent metropoliteni matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2026 yil 1 maydan boshlab yer usti halqa liniyasida poyezdlar harakati jadvali o‘zgartiriladi.

Yangi tartibga muvofiq, mazkur yo‘nalishda metro poyezdlari endilikda har kuni soat 05:00 dan 23:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi. Avval ushbu liniyada harakat soat 06:00 dan 23:00 gacha amalga oshirilgan edi.

Jadvaldagi o‘zgarish poyezdlar harakatini bir soat oldin boshlash orqali yo‘lovchilarga qo‘shimcha qulaylik yaratish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida joriy etilmoqda.

Shu bilan birga, Toshkent metropolitenining boshqa (Chilonzor, O‘zbekiston va Yunusobod) yo‘nalishlarida poyezdlar harakati avvalgidek har kuni soat 05:00 dan 00:00 gacha davom etadi.

Kiritildi: Bugun 14:42. O'qildi: 456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!