Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent viloyati Ohangaron tumani Maktobgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i hamda tumandagi 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori o‘rtasida sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz holat aks etgan video tarqaldi.
Mazkur holat viloyat Maktobgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, qonunda belgilangan tartibda ishchi guruh tomonidan o‘rganildi.
Aniqlanishicha, holat, ya’ni bo‘lim boshlig‘i S.M. hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori X.A. o‘rtasidagi janjalli vaziyat joriy yilning iyul oyida sodir bo‘lgan. Ma’lum bo‘lishicha, X.A. ish faoliyati davomida turli qonun buzilishlariga yo‘l qo‘ygan. Bo‘lim boshlig‘i S.A. tomonidan og‘ohlantirishlar berilganida kamchiliklarni tan olmay, janjalli vaziyatni keltirib chiqargan.
Holat viloyat Maktobgacha va maktab ta’limi boshqarmasi mas’ullari tomonidan atroflicha o‘rganilib, qonunda belgilangan tartibda ta’sir choralari ko‘rildi. Jumladan, maktobgacha ta’lim muassasasi direktori X.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.