Bugun 6 noyabr, 2025 yil, payshanba

КИР

Tramp ma’muriyati Saudiya Arabistonining so‘rovini ko‘rib chiqmoqda

Tramp ma’muriyati Saudiya Arabistonining so‘rovini ko‘rib chiqmoqda

Gap 48 ta F-35 harbiy samolyotini xarid qilish haqida ketmoqda, deb yozmoqda Reuters.

Agentlik manbalariga ko‘ra, bir necha milliard dollarlik potensial kelishuv Pentagondagi muhim bosqichdan o‘tgan, bu qaror Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmonning AQShga tashrifi arafasida qabul qilingan.

"Bunday kelishuv Vashington siyosatida jiddiy burilish bo‘lib, Yaqin Sharqdagi harbiy muvozanatga ta’sir ko‘rsatishi va Isroilning “sifat jihatidan ustun harbiy afzalligi” siyosati doirasida yangi bahslarni keltirib chiqarishi mumkin", deya yozmoqda Reuters.

Manbalarning aytishicha, Saudiya Arabistoni bu yil boshida Prezident Trampga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilgan va Lockheed Martin kompaniyasining F-35 uchoqlariga uzoq yillardan beri qiziqish bildirib kelayotganini bildirgan. Pentagon hozirda 48 ta zamonaviy samolyotni sotish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

Kiritildi: 21:25 05.11.2025. O'qildi: 1308 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!