Bu haqda The Washington Post ma’lum qildi.
Rossiyaning maqsadi sifatida Qozog‘iston va Armaniston ko‘rsatilmoqda.
Kreml bu davlatlarda tanklar yoki harbiy operasiyalarsiz, balki bosim, dezinformasiya va siyosiy beqarorlik orqali ta’sir o‘tkazishni maqsad qilgan.
Qozog‘istonda:
— Rossiya kuchlari mamlakat shimolida tartibsizliklar chiqarishga urinmoqda;
— Rossiya ommaviy axborot vositalari doimiy ravishda Astanani “rusofobiyada” ayblamoqda.
— Deputatlar va hatto Putin Qozog‘istonning tarixi va davlatchiligi haqida shubhalar bildirib kelmoqda;
— Mamlakatning 7,564 km uzunlikdagi Rossiya bilan chegarasi esa deyarli himoyasiz.
Armanistonda:
— Kremlga yaqin biznesmenlar va tashkilotlar orqali provokasiyalar va davlat to‘ntarishiga urinishlar qilinmoqda;
— Armaniston pravoslav cherkovi Rossiya razvedkasi bilan aloqada ayblanmoqda, ommaviy axborot vositalari orqali norozilik tarqatilmoqda;
— Pashinyanga qarshi kurashish uchun Milliy g‘urur va norozilik qo‘llanishi mumkin.