Amerikalik biznesmen va SpaceX asoschisi Ilon Mask an’anaviy smartfonlar besh yil ichida yo‘q bo‘lib ketishiga ishonadi, deb xabar beradi Jibek Joly telekanali.
Biznesmen bu bashoratni teleboshlovchi Jo Rogan bilan intervyuda aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 2030 yilga borib, hozirgi gadjetlar ekransiz yoki an’anaviy ilovalarsiz foydalanuvchilar bilan o‘zaro aloqada bo‘la oladigan sun’iy intellektga asoslangan qurilmalar bilan almashtiriladi.
Bundan tashqari, Mask ushbu qurilmalar har qanday video va audio kontentni tahlil qila olishi, inson istaklarini bashorat qila olishini aytdi.