Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan Buxoro shahridagi “To‘qimachi” va “Sitora” bozorlarida nazorat xaridlari o‘tkazildi.
Natijada, Xitoyda ishlab chiqarilgan “BRAUN” brendi ostidagi 2238-modelli soch quritish moslamasi va mahalliy “FORSAJ” savdo belgisi ostidagi 4 litrlik muzlamaydigan oyna tozalovchi mahsulotlar standart talablariga mos emasligi aniqlandi.
Sinov natijalari soch quritish moslamasining tok qarshiligini oshirishi, o‘tkazgichlarning qizib ketishi, yonish va yong‘inga sabab bo‘lishi, shuningdek, xizmat muddatining qisqarish ehtimoli yuqori ekanini ko‘rsatdi.
“FORSAJ” antifrizi esa qishda muzlab, shisha yuvish tizimini ishdan chiqarishi, ko‘rish maydonini toraytirishi, suyuqlik kengayishi oqibatida detallarni yorishi va tarkibida sog‘liqqa zararli moddalar bo‘lishi mumkinligi bilan xavf tug‘diradi.
Iste’molchilarga mahsulot sotib olishda uning yorlig‘i, ishlab chiqarilgan mamlakati, texnik ko‘rsatkichlari va sertifikatlariga e’tibor qaratish tavsiya etiladi.
Hurmatli iste’molchilar! Agar savdo tarmog‘ida sifasiz yoki soxta mahsulotga duch kelsangiz, 1880 qisqa raqami orqali Texnik jihatdan tartibga solish inspeksiyasiga murojaat qilishingiz mumkin.