Agar AQSh yoki boshqa yadroviy davlatlar yadro quroli sinovini o‘tkazsa, Rossiya ham shunday qadam tashlaydi, dedi Rossiya prezidenti
Vladimir Putin Rossiya Tashqi ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi va maxsus xizmatlarga yadro qurolini sinovdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatlarini o‘rganish bo‘yicha takliflar kiritishni topshirdi.
Putin, shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning yadro sinovlari haqidagi bayonotiga “jiddiy masala” deb baho berdi.
"Rossiya har doim “Yadro sinovlarini to‘liq taqiqlash to‘g‘risidagi” shartnoma majburiyatlariga qat’iy amal qilib kelgan va bu majburiyatlardan chekinish rejalari yo‘q", — deya qo‘shimcha qildi Rossiya prezidenti.
Avvalroq, Rossiyada mudofaa vaziri yadro qurolini sinovdan o‘tkazish taklifini Rossiya prezidenti Vladimir Putin boshchiligidagi yig‘ilishda ilgari surgandi.